Joriy yilning 13-aprel kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitet hududida ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etib, atrof-muhitni asrash va yashil hududlarni kengaytirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Mazkur ekologik tashabbus universitetda muntazam ravishda davom ettirilmoqda.



Joriy yilning 5-may kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitet talabalar turar joyida talabalar va TTJ xodimlari tomonidan ekologik hashar tashkil etildi. Hashar davomida talabalar turar joyi atrofi obodonlashtirilib, hududlar chiqindilardan tozalandi hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Tadbir talabalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ozodalikka rioya qilish va atrof-muhitni asrash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.


